Talim dasturi
TA’LIM DASTURI PROFILI
(5240104 – Yurisprudensiya: Jinoiy-huquqiy faoliyat)
Umumiy ma’lumotlar:
OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047
Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun.
Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limga ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi.
Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan.
Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan.
4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-37 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiya o‘tkaziladi.
4-kurs talabalari uchun o‘quv yili 38-42 haftalarda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish bilan yakunlanadi.