Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Kamalova Dildora G‘ayratovna
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: jinoiyodilsudlov@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240104 – Yurisprudensiya: Jinoiy-huquqiy faoliyat)

 Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun. 

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limga ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-37 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiya o‘tkaziladi. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yili 38-42 haftalarda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish bilan yakunlanadi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


“Jinoiy odil sudlov” fakulteti


         TDYU Jinoiy odil sudlov fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan.      

Fakultet maqsadi jinoiy odil sudlovni amalga oshiradigan hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladigan professional yuridik kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

         Fakultet shiori: Sudya – bu gapiruvchi qonun, qonun esa – tilsiz sudyadir.

         Faoliyatning asosiy tamoyili – “Teng bilim, teng imkoniyatlar hamda aniq maqsadga yo‘naltirilganlik”.

         Jinoiy odil sudlov fakultetining istiqboldagi rejalari quyidagilardir:

         o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash;

         yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, kafedralar ilmiy salohiyatini kuchaytirish;

         zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan mustaxkamlash;

         xorijiy va milliy reyting indikatorlarini hisobga olgan holda taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;

         talabalarga taʼlim berish va ularni kasbga yo‘naltirish uchun sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va boshqa tashkilotlar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

         Fakultetda dekan, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va ilmiy-innovatsion ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, metodist, o‘quv dispetcherlari va xizmatchilari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

         Jinoiy odil sudlov fakulteti tarkibiga quyidagi 4 ta kafedra kiradi:

         Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi;

         Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi;

         Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi;

         Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi;

             

Kamalova Dildora G‘ayratovna
         Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani


         Ilmiy qiziqishlari sohasi:

         Jinoyat huquqi, kriminologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyat-ijroiya huquqi, advokatura, sudlar faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

         Maʼlumoti va ilmiy izlanishi:

         Toshkent davlat yuridik universiteti huquq magistri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent vazifasini bajaruvchi

         Ish tajribasi:

         O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy boshqarmasining ish yurituvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi, Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.

         Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari va yutuqlari:

         30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 1 ta sharh, 25 tadan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etgan

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

dildora.gayratovna@gmail.com

  

Mamasobirov Davronbek Ernazarovich

Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani o‘rinbosari

    Ilmiy qiziqishlari sohasi:

         Jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

         Maʼlumoti va ilmiy izlanishi:

         12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda

         Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

mamasobirovd@gmail.com

 

Nodirov Muzaffar Axmad o‘g‘li
 
Jinoiy odil sudlov fakultetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

         Ilmiy qiziqishlari sohasi:

         Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, dalillar nazariyasi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tezkor-qidiruv faoliyat

         Maʼlumoti va ilmiy izlanishi:

         12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha “Jinoyat protsessida voyaga yetmaganlarga nisbatan ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida PhD (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun ish olib bormoqda.

         Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari va yutuqlari:

         25 ga yaqin o‘quv va ilmiy ishlar muallifi, 2 ta monografiya, 15 ta maqola, 2 ta risola, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etgan

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

muzaf89@mail.ru

 

Abdusamadov Dilmurod Farhod o‘g‘li

Tyutor

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

abdusamadov033@gmail.com

 

Meliqo‘ziyev Fazliddin Abdurasul o‘g‘li

Tyutor

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, biznes huquqi.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

fazliddinabdurasulugli@gmail.com

 

Tolibjonov Hayotjon Murodovich

Tyutor

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

hayotjontolibjonov@gmail.com

Maxmudov Xurshid Gafurovich

Tyutor

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, kriminalistika, kriminologiya, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

mxg0111@gmail.com

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYUU 2-o‘quv binosi, 217-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1150 (ichki)

Elektron pochta manzili: criminaljusticefaculty@tsul.uz