Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Babadjanov Atabek Davronbekovich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: magistraturaTSUL@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi


Kafedralar


"Magistratura va sirtqi ta’lim" fakulteti

Toshkent davlat yuridik universiteti "Magistratura va sirtqi ta’lim" fakulteti o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–2932-son qaroriga asosan olib boradi.

Magistratura va sitrqi ta’lim fakulteti universitetda yuridik ta’limning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr (sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha)lar va magistrlar tayyorlash jarayonini davlat ta’lim standartlari, asosiy o‘quv hujjatlari va ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etuvchi universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Magistratura va sitrqi ta’lim fakulteti o‘z faoliyatini universitetning tarkibiy bo‘linmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Magistratura va sitrqi ta’lim fakultetida 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli asosida (o‘qitish muddati – 5 yil) kadrlar tayyorlanadi.

Magistratura va sitrqi ta’lim fakultetida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari asosida (o‘qitish muddati – 1 yil) kadrlar tayyorlanadi:

5A240101 – Advokatlik faoliyati; 

5A240102 – Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish; 

5A240107 – Sport huquqi;

5A240108 – Davlat boshqaruvi huquqi;

5A240110 – Biznes huquqi;

5A240115 – Mehnat huquqi;

5A240116 – Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti;

5A240127 – Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi;

5A240129 – Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari;

5A240130 – Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati;

5A240131 – Ommaviy axborot vositalari huquqi.

Magistratura va sitrqi ta’lim fakulteti tarkibida quyidagi 3 ta kafedra faoliyat olib boradi:

Umumta’lim fanlar va madaniyat;

O‘zbek tili va adabiyoti;

Jismoniy tarbiya va sport.

Magistratura va sitrqi ta’lim fakulteti dekani sifatida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Babadjanov Atabek Davronbekovich faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Magistratura va sitrqi ta’lim fakultetida uslubchi sifatida Meliboyev Quvondiq Lapasovich va Tursunova Sitora Anvar qizi faoliyat olib boradi.