Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik texnikumlar xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va tajriba almashish uchun keng maydon yaratish maqsadida qisqa muddatli stajirovka o‘tkazilmoqda.
Stajirovka doirasidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar universitetning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari tomonidan olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga yuridik texnikumlarda kafedralarning oʻquv, oʻquv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish, ta’lim sifati monitoringini yuritish, qabul jarayonini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar bilan ishlash ko‘nimkasini rivojlantirish, ta’lim natijalari boʻyicha oʻquvchining kreditlarini hisoblash, reyting baholarini yuritish hamda reyting qaydnomalarini shakllantirish, yuridik texnikumlar mahalliy va xalqaro akademik mobillikni tashkil etish, o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlarini shakllantirish hamda uning o‘qituvchilar tomonidan bajarilishini hisobini yuritish, yuridik texnikumlarda devonxona va arxiv ishini tashkil etilishi hamda hujjatlar almashinuvini “app.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshirishni ta’minlash, ijro nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha “av.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimidan foydalanish, ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish, ularni tizimli tahlil qilish hamda muntazam monitoringini olib borish, axborot-kutubxona ish faoliyatini tashkil etish va yuritish hamda umumiy fondning saqlanishini taʼminlash, yuridik texnikumlarda elektron kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish, internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha foydali ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, yuridik texnikumlar xodimlari xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan yuridik texnikumlar reytingini aniqlash mezonlari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, akademik almashinuv doirasida kurs davomida to‘plangan umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlar va kreditlar hisobi haqida akademik ma’lumot berish, oʻquvchilarga oid buyruqlar loyihasini tayyorlash, davomatini olib borish va tegishli jurnallarni yuritish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ish yuritish va elektron hujjat almashinuvini ta’minlash, yuridik texnikumlarga keluvchi hujjatlarni toʻgʻri hisobga olish, oʻz vaqtida qayd etilish va ijrochilarga topshirilishini ta’minlash, axborot-kutubxona hujjatlari (inventor varaqlar, yuk xatlari va boshqalar) asosida yangi nashrlarni qabul qilib olish va o‘quv zallariga tegishli ravishda tarqatish, axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat koʻrsatish (abonementlarga xizmat koʻrsatish, oʻquv zallari va kitob saqlashni inobatga olish) va yuridik texnikumlarning rasmiy veb-saytini yuritish, unda ma’lumotlarni doimiy yangilab borilishini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Stajirovka 13-iyunga qadar davom etadi.