University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU Xitoyning Jiujang universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Muxammad Ali Ramazonov, grantlar bo‘limi xorijiy mutaxassisi Yelena Guseletovadan iborat TDYU delegatsiyasi Xitoyning Jiansi provinsiyasida joylashgan Jiujang universiteti (Jiujang University)ga tashrif buyurdi.

Ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Jiujang universiteti xalqaro ofisi direktori He Guan, Huquq maktabi dekani Li De va dekan o‘rinbosari Van Yenjang ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYU va Jiujang universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida hamkorlikda turli ilmiy loyiha va dasturlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotchilarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy adabiyotlar, ma’lumotlar va g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, ikki oliy ta’lim muassasalari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, elektron kutubxona imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, Jiujang universiteti talabalarini TDYU magistraturasiga yuborish hamda intellektual mulk va davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi (kelishuvga erishildi).

Yakunda TDYU va Jiujang universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Shuningdek, TDYU delegatsiyasi Jiujang texnologiya instituti (Jiujang Institute of Technology)ga ham tashrif buyurib, instituti bosh direktori Lu Hua Chen, o‘quv ishlari boyicha direktori Jou Jun va bosh kotib Luo Feng bilan uchrashdi.

Uchrashuvda TDYU va Jiujang texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.