Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 27-iyundagi 49-s-son buyrug’iga ko‘ra, NAWA (The Polish national agency for academic exchange – Polsha Milliy Akademik almashinuv agentligi) dasturining International scholarship exchange of PhD candidates and academic staff loyihasi doirasida 2022-yilning
20-iyunidan 2-iyuliga qadar Polsha Respublikasi, Gdansk universiteti Huquq va boshqaruv fakultetiga (Faculty of Law and Administration) stajirovka o‘tash uchun uchun xizmat safariga yuborildim. 2022-yilning 20-iyunidan 24-iyuniga qadar NAWA dasturi doirasida stajirovka o‘taldi.
2022-yilning 24-iyunidan 2-iyuliga qadar esa 2021-yil 8-noyabrdagi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirliklarining xorijda professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashini tashkil etish to‘g’risidagi 2/17-08/11-sonli xatiga muvofiq stajirovka o‘taldi.
Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilarining Polsha Respublikasi Gdansk universitetiga xizmat safari boʻyicha
ISH REJASI
T/r | Amalga oshiriladigan | Amalga oshirish mexanizmi | Kutilayotgan natija | Bajarish muddati |
1. | “PROM Programme – International scholarship exchange of PhD candidates and academic staff” malaka oshirish dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish. | Malaka oshirish dasturi tashkilotchilari bilan tashkiliy masalalarni kelishish. | Taklif xati olish | 2022-yil |
2. | Dastur doirasida Polsha Respublikasi Gdansk universitetiga yetib kelish. | Gdansk universiteti Ilmiy bo‘limiga uchrashish. | Mas’ul xodim Agata Glombiowska bilan uchrashish. | 2022-yil 20-iyun. |
3. | Recruitment form bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashish. | Recruitment form bo‘yicha belgilangan reja-grafik asosida. | Pedagogik mahoratni yanada oshirishga xizmat qiladi. | 2022-yil 20-24-iyun. |
4 | Gdansk universiteti o‘quv jarayoni bilan tanishish. | Belgilangan reja-grafik asosida. | TDYUdagi ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. | 2022-yil 20-24-iyun. |
5 | Ilmiy jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish. | Uchrashuv, davra suhbatlari, konferensiyalarda. | Ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. | 2022-yil Xizmat safari muddati davomida |
6. | Recruitment form bo‘yicha ilmiy tadqiqot uchun materiallar to‘plash. | Recruitment form bo‘yicha belgilangan reja-grafik asosida. | Ilmiy tadqiqotni xorij tajribasi bilan yanada boyitishga xizmat qiladi. | 2022-yil Xizmat safari muddati davomida |
Load More Post...