“Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun “Jinoyat huquqi” fani bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tkazilgan “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar” hamda “Javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va turlari” mavzusidagi mashg‘ulotlarni sudya Elbek Turg‘unboev olib bordi.
Darslar davomida ishtirokchilarga ekologiya sohasidagi jinoyatlar tushunchasi va turlari, ularning belgilari, javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar sud muhokamalarida ishtirok etib, nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.