Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Ekologik qonunchilikni kodifikatsiyalashtirish masalalari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Skripnikov Nikolay Kuzmich ilmiy-ijodiy faoliyatining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, Tabiat resurslari vazirligi va uning huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Sudyalar Oliy maktabi, IIV Аkademiyasi, TDYU, Qoraqalpoq davlat universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Termiz davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xodimlari, professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiya 17-may 09:30 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar