Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.
Mehnat yarmarkasida talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtda haq evaziga ishlash, bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va kafolatlari haqida bevosita potensial ish beruvchilar tomonidan ma’lumot beriladi.
Yarmarka davomida ishlash istagida bo‘lgan talabalarga oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot talab etiladigan ishlarda ishlash bo‘yicha ish beruvchilar bilan mehnat shartnomasi tuzish imkoniyati yaratiladi.
Mehnat yarmarkasi 15-may 10:00 dan boshlab TDYU 3-binosida o‘tkaziladi.