Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha F.F. Martens nomidagi XXIII tanlovning final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universitetining “Сила воли” jamoasi “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti v.b. Farhod Fazilov rahbarligida xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha F.F. Martens nomidagi XXIII tanlovning final bosqichida ishtirok etdi.

Xalqaro tanlovning final bosqichida ishtirokchilarni baholashda ularning xalqaro gumanitar huquq normalarini bilishi, jamoaning o‘z fikrini argument bilan mustahkamlashi, vaziyatga javob berish qobiliyati va javobni taqdim etishdagi ijodkorligi hisobga olindi.

TDYU jamoasi ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Moldovadagi mintaqaviy delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovga Rossiyaning turli hududlari, shuningdek, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Turkmaniston, O‘zbekistondan 50 ta ariza kelib tushgan. Xalqaro tanlovning saralash bosqichida eng ko‘p ball jamg‘argan 20 ta jamoa finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar