Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan universitet talaba-qizlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni falsafa fanlari doktori, professor, faxriy jamoatchi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuhammedova va Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Muhsimova olib bordi.
Treningda qizlarni oilaga tayyorlash, ularning tashabbuslarini amalga oshirish va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berildi.