Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi va ingliz tilini bilishi talab qilinadi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 25-oktabrga qadar TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga taqdim etishi lozim:
1. Akademik transkipt nusxasi.
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
3. Ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS – 6.0).
4. Kollej yoki litseyni tamomlaganlik haqidagi diplom.
5. Boshqa sertifikatlar.
Gruziya universitetida o‘qitiladigan ingliz tili kurslari ro‘yxati bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://ug.edu.ge/en/study-programs
Dastur ishtirokchilari 2023-yil 27-fevraldan 6-oktabrga qadar Gruziya universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Yakuniy imtihonlar 6-dekabrdan boshlanadi.
Loyiha hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, TDYUdagi kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Eslatib o‘tamiz, dastur talabalari Gruziya universitetning talabalar turar joyiga joylashtirilmaydi. Tbilisida munosib turar joy topishni istagan talabalar quyidagi elektron pochtaga murojaaat qilishi mumkin: b.moghimi@ug.edu.ge
Ma’lumot uchun: Tbilisida o‘rtacha yashash narxi oyiga transport, ovqatlanish va dam olishni hisobga olganda 900-1100 larini (300-400 yevro) hamda uy-joyning taxminiy narxi joylashgan joyiga qarab 800-1500 lari (290-450 yevro)ni tashkil etadi.