Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Senator va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

TDYU “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Vasila Mamadayupova tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Murtazo Rahmatov ishtirok etdi. 

Tadbirda yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar va ularning samaralari haqida so‘z yuritildi. Ushbu imkoniyatlarga javoban yosh avlod mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda daxldorlik hissini tuyib, o‘zlarining huquqiy, siyosiy savodxonligini oshirish orqali yangi qabul qilinayotgan qonunlarni faol targ‘ibotchisi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Ayniqsa nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni xorijda o‘qib kelishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi takliflar senatorda katta qiziqish uyg‘otdi.




Hodisalar

Barcha e'lonlar