Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlik qiladi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning raqobat, moliya va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha katta ekspertlari Sabine Zigelski va Renato Ferrandi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida ikki mehmon va universitet prorektori Baxshillo Xodjayev, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Rustam Umarov, “Biznes huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, TDYU tadqiqotchilari va talabalari uchun raqobat huquqi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash qaratilgan seminar, konferensiya va treninglarni tashkil qilishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida OECD mutaxassislari ishtirokida mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmon mutaxassislar tomonidan tadqiqotchilar va talablar uchun “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mashg‘ulotda ishtirokchilarga raqobat munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash, raqobatga zid harakatlar va ularga qarshi kurashish shartlari bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar