Toshkent davlat yuridik universiteti va Germaniya Federativ Respublikasining IRZ fondi hamkorligida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni germaniyalik yetakchi mutaxassislar olib boradi.
25–26-oktabrda bo‘lib o‘tadigan seminar-trening o‘zbek va rus tillarida sinxron tarjima orqali o‘tkaziladi.
TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan treningda huquqiy metodologiya, zamonaviy huquqiy metodlar, huquqiy fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot berilib, mavzu yuzasidan muhokamalar tashkil etiladi.