21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Shahnoza Ziyamuxamedova “100 nafar o‘zbek tilshunosi” ma’lumot bazasi loyihasi bilan ishtirok etdi.
Yozmanutq.uz saytidagi “Olimlar” runki (olimlar.yozmanutq.uz)ga joylashtirilgan mazkur baza tanlovning “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyihalar va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida 2-o‘ringa sazovor bo'ldi.