Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” va “Davlat va huquq nazariyasi” kafedralari tashabbusi bilan yuridik fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi Shavkat Urazayev tavalludining 95 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etiladi.
Anjumanda Shavkat Urazayevning hamkasblari, faxriy professor-o‘qituvchilar, shogirdlari va oila a’zolari ishtirok etadi.
Tadbir 28-oktabr 15:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.