Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy huquqiy metodikalar va ularni amaliyotda qo‘llash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) bilan hamkorlikda “Zamonaviy huquqiy metodikalar va ularni amaliyotda qo‘llash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ikki kunlik seminar-treningda TDYU rektori Akbar Tashkulov, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner, TDYU prorektori Dilshod Umarov, Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasining Osiyo bo‘yicha loyiha rahbari Angela Shmaynk va jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakili Dildora Asatillayeva, shuningdek, TDYU, TDYU qoshidagi akademik litsey va Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Trening mashg‘ulotlari davomida IRZning ekspertlari Hannes Ryosler va Tobias Olsner tomonidan huquqiy metodologiya, zamonaviy huquqiy metodlar, huquqiy fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar haqida foydali ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulotlar davomida professor-o‘qituvchilar Germaniyada ta’lim jarayonida qo‘llanadigan ilg‘or va zamonaviy metodlar bilan tanishdi hamda germaniyalik mutaxassislardan o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar