Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Husniobodda huquqbuzarlikning oldi olinadi

Xabaringiz bor, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, ilmiy yondashuv asosida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yunusobod tumanida jinoyatchilik holati, tuzilishi, dinamikasi, uning sabab, shart-sharoit va omillarini ilmiy tadqiq etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mahallabay uslubiyotini yaratish hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ilmiy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, tumanning Husniobod mahallasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqbuzarliklarning sabab va omillarini aniqlashga qaratilgan mahallabay sayyor qabul tashkil etildi. 

Sayyor qabulda mahallada ko‘p sodir etilayotgan huquqbuzarliklar xususiyatidan kelib chiqib ularni viktimologik profilaktika qilish, ya’ni jabrlanuvchilarning xulq-atvorini o‘rganish va ularning jinoyat jabrlanuvchisiga aylanishini oldini olish, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar yuzasidan atroflicha huquqiy maslahat va ko‘mak berildi. 

Tadbir davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollarga Yuridik klinika xodimlari, professor-o‘qituvchilardan javob oldi. 

Sayyor qabul yakunida TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurash” hamda “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh Husniobod mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlarini o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, xalq bilan bilan muloqot qilishdagi ayrim muammoli masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqdi.




Hodisalar

Barcha e'lonlar