Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi tashkil etilayotgan loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarning ingliz tilidan og‘zaki nutq va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xorijiy tillarni mukammal o‘rganishda turli texnologiyalar va metodlardan foydalanish, xorijiy davlatlar madaniyati, urf-odati va an‘analari haqida qiziqarli taqdimotlar va ma‘lumotlar berishdan iborat.
“TiLT Show” dasturi doirasida mashg‘ulotlar haftaning dushanba va juma kunlari 11:30 dan boshlab 208- va 221-auditoriyalarda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar TDYU professor-o‘qituvchilari va xorijiy ekspertlar tomonidan olib boriladi.