“Tashkent Book Fest — 2022” boshlandi.
Poytaxtimizdagi “OʻZEKSPOMARKAZ” majmuasi 3-pavilonida “Tashkent Book Fest — 2022” III Toshkent xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
40 dan ortiq xorijiy kompaniya va noshirlik uylari hamda respublikadamizda faoliyat yuritayotgan 60 dan ortiq nashriyot va kitob savdosi tashkilotlari ishtirok etayotgan ko‘rgazmada Toshkent davlat yuridik universiteti ham oʻzining eng sara kitoblari va davriy nashrlari bilan qatnashadi.
Ko‘rgazma-yarmarka 4-noyabrga qadar davom etadi.