Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sudekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonda sud-ekspertizasining dolzarb muammolari va ularning ilmiy-innovatsion yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Ushbu anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi dotsenti Go‘zalxon Ahmedova, kafedra dotsenti v.b. Otabek G‘aniyev va kafedra katta o‘qituvchisi Baxtiyor Hamidov ma’ruza qildi.