Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar birgalikda ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan forumning maqsadi huquqni rivojlantirish muammolari va zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jamlagan holda ochiq muloqot maydonchasini yaratish, shuningdek, xalqaro hamjamiyatga O‘zbekistonda olib borilayotgan huquqiy islohotlarni namoyish etishdir.

“Huquq 4.0” (Huquq to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida) mavzusida o‘tkaziladigan II Xalqaro yuridik forumda qator xorijiy mamlakatlarning adliya vazirlari, sud va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya, iqtisodiyot sohalaridagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning ishtirok etadi.

Xalqaro forum doirasida davlatning huquqiy siyosati, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, LegalTech va LawTech (huquq texnologiyalari), umumiy (ingliz) huquqi tizimi, Koronavirus cheklovlari davrida mediatsiya va arbitraj, intellektual mulk himoyasi, siyosatni amalga oshirish (policy implementation), sudlarning mustaqilligi, adolatliligi va xolisligini ta’minlash hamda boshqa dolzarb mavzularda muhokama sessiyalari o‘tkaziladi.

Shuningdek, davlat xizmatlari, huquqiy axborotni tarqatish, advokatura va notariatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etiladi.

Forum doirasidagi tadbirlar o‘zbek tilida o‘tkazilib, ingliz va rus tillariga sinxron tarjima qilinadi.

Forumda ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishimumkin:

https://tashkentlawspring.uz/



Hodisalar

Barcha e'lonlar