Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Qanday qilib muvaffaqiyatli yurist bo‘lish mumkin?” mavzusida mahorat darsi tashkil etiladi

Mashg‘ulot malakali xorijiy mutaxassislar, yirik xalqaro tashkilotlarning yuristlari Ten Viktoriya, Irina Pchelintseva va Tanya Li tomonidan olib boriladi.

Mahorat darsi 11-noyabr 11:00 da TDYU 3-bino 221-xonada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Viktoriya Ten  — IT, muhandislik tizimlari, elektronika chakana savdosi, oziq-ovqat sanoati va boshqalar sohasida faoliyat yurituvchi amaliyotchi yurist. U AQSH, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasining yirik mahalliy va xalqaro xolding kompaniyalarida 12 yildan ortiq tajribaga ega,

Irina Pchelintseva — 13 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan yurist va shaxsiy yuridik firmaning asoschisi. Hozirda AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus va Qozogʻistonning IT, injiniring, dizayn, qurilish va boshqalar sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy va xalqaro kompaniyalari manfaatlarini himoya qiladi, ularga investitsiya loyihalarini amalga oshirishning turli masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.

Tanya Li —  shaxsiy o‘sish va yetakchilik bo‘yicha murabbiy va huquqiy yozish, tahlil qilish, mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalari bo‘yicha mutaxassis, turli xalqaro kompaniyalarda 10 yildan ortiq tajribaga ega yirik huquqshunos. U mijozlarga konchilik, neft va gaz, qayta tiklanadigan energiya va infratuzilma sohalarida bank va moliyaviy loyihalar bo‘yicha maslahatlar beradi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar