Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida “Ma’muriy da’volarning maqbulligi va asosliligi (ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish metodikasi)” mavzusida ma’muriy huquqqa oid XIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada Markaziy Osiyo, Kavkaz, Sharqiy va Shimoliy Yevropaning 15 dan ortiq mamlakatidan olimlar va professor-o‘qituvchilar qatnashdi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Kaspiy universiteti va Kaspiy universitetining ommaviy-huquqiy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari Humoyun Soyipov va Asal Jo‘rayeva ham ishtirok etdi.