Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi

Hukumatning 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori bilan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlar imtihon xarajatlarini qoplab berish uchun sertifikat olganidan 180 kunda davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali (my.gov.uz) murojaat qiladi.

DXM 10 daqiqada, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda hujjatlar Yoshlar ishlari agentligiga yuboriladi. Agentlik 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan o‘tkazadi.

Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, Agentlik 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 15 kunda kompensasiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensatsiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha kompensasiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab to‘lanadi, yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi.




image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar