Toshkent davlat yuridik professor Omonulla Muhamedjanov O‘zbekiston va Qozog‘iston huquqshunos olimlari hamkorligida Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalarda qildi.
Xususan, O.Muhamedjanov Qozog‘iston Respublikasida saylov jarayonlarida uchrayotgan muammolarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Модернизация избирательного процесса в Республике Узбекистан: практика, перспективы развития” mavzusida, Qozog‘iston fanlar akademiyasi akademigi Sulton Sartayev tavalludining 95 yilligi munosabati Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida o‘tkazilgan anjumanda “Мы живем в конституционном пространстве: политико-правовые взгляды академика С.С. Сартаева” mavzusida ma’ruza qildi va Sh.Ualixanov nomidagi Kokshetau universiteti Biznes va huquq oliy maktabida tashkil etilgan "Изменение Конституции — требование времени” mavzusidagi konferensiyada ham ishtirok etdi.
Shuningdek, O.Muhamedjanovga Toshkent davlat yuridik univeristeti va Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti o‘rtasida turli ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishdagi hissasi uchun Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti rektorining minnatdorlik xati topshirildi.