Urganch shahrida stol tennisi bo‘yicha “Universiada — 2022” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi Shamsuddinov Mehroj universitet sharafini munosib himoya qilib, “Universiada — 2022”ning g‘olibi bo‘ldi.