Toshkent davlat yuridik universiteti “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan Central Asian Legal Research Fellowship dasturi doirasida tashkil etilayotgan treningni xorijiy tadqiqotchi, PhD Choudxouri Kaustav olib boradi.
Shuningdek, seminar-treningda TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori Salomat Niyozova, kafedrasi dotsenti v.b. Farhod Fazilov, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra To‘laganova hamda “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b., falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xabiba Oblomuradova ham ma’ruza qiladi.
O‘zbek va ingliz tillarida tashkil etiladigan seminar-trening 15-noyabr 16:00 da TDYU 2-bino 207-xonada bo‘lib o‘tadi.
Treningda quyidagi ZOOM link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us05web.zoom.us/j/87174917189?pwd=VnZRWk04ZjRyWGlia3JWYUpXZnpYUT09
ID: 871 7491 7189 Kod: u2n39V