“Jinoiy odil sudlov” fakulteti — mini futbol bo‘yicha “Festival kubogi — 2022” sohibi, Huriniso Niyazaliyeva — “Men chizgan surat” tanlovi g‘olibi
Toshkent davlat yuridik universitetida “17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali”ning ilk kuni yakunlandi.
Festivalning birinchi kuni “Men chizgan surat” ko’rik-tanlovi bilan boshlandi. Talabalarni tasviriy san’atga qiziqtirish va ularning bu boradagi iqtidorini namoyish etishiga imkon berish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilarni baholashda ijodiy ishlarda ranglarning to‘g‘ri tanlangani, ularning o‘zaro uyg‘unligi hamda suratlarning mazmuniga e’tibor qaratildi.
Hakamlar hay’ati a’zolarning xulosalariga ko‘ra, tanlovda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi Huriniso Niyazaliyeva 1-o‘rinni, “Ommaviy huquq” fakulteti talabasi Zebo Shamsiyeva 2-o‘rinni, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari Abbos Bakirov va Baxrillo Asadov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlovning ilk kuni doirasida mini futbol bo‘yicha “Festival kubogi — 2022” musobaqalari ham o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida musobaqa kubogi “Jinoiy odil sudlov” fakulteti jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, “Xususiy huquq” fakulteti jamoasi 2-o‘rinni, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga qizlar o‘rtasida badminton bo‘yicha “Festival kubogi — 2022” musobaqasi tashkil etilib, unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Bundan tashqari, festivalning ilk kuni davomida “TSUL MUN” tanlovi o‘tkazildi. O‘zbek, ingliz va rus tillarida bo‘lib o‘tgan tanlovda talabalar 5 ta partiyaga bo‘lingan holda 10 nafardan deputat (jami 150 nafar ishtirokchi) o‘z pozitsiyalarini himoya qildi.
Festival davom etmoqda.