Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi huzurida “Kelajak Prokurorlari” klubi tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida klubga a’zo bo‘lish istagini bildirgan talabalar soni 1000 nafardan oshdi.
Shu bois klub tashkilotchilari tomonidan prokuratura organlari faoliyatiga qiziquvchi, kelajakda ushbu organlarda faoliyat yuritishni qat’iy niyat qilgan iqtidorli talabalarni saralab olish maqsadida klubga rasmiy a’zolikka qabul qilish bo‘yicha imtihon o‘tkazilmoqda.
2 bosqichda tashkil etiladigan imtihonlar universitetning kunduzgi taʼlim shakli hamda sirtqi va masofaviy taʼlim shakli talabalari uchun alohida tartibda o‘tkaziladi.
Kunduzgi taʼlim shakli talabalari uchun imtihonlarning 1-bosqichi 22-noyabrda, 2-bosqichi 24-noyabrda TDYU 3-bino katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Sirtqi va masofaviy taʼlim shakli talabalari uchun imtihonlar ZOOM platformasi orqali tashkil etiladi.
Batafsil…