Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotlarni “White and Case” (AQSH), “Foley Hoag” (AQSH), “Dentons” (AQSH), “36 Group” (Angliya) kabi yuridik kompaniyalar, Shvetsariya arbitraj akademiyasi (Shevtsariya), Ostona xalqaro moliyaviy markazi (AIFC) huquq akademiyasi (Qozog‘iston) mutaxassislari olib bormoqda.
Kurs davomida xalqaro tijorat va investitsiya shartnomalarini tuzish, ingliz huquqida shartnoma shartlari, muzokaralar olib borish, shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni arbitrajda hal qilish xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.
Mashg‘ulotlarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining 40 nafarga yaqin mutaxassislari tinglovchi sifatida ishtirok etmoqda va kurs bitiruvchilariga xalqaro sertifikatlar topshiriladi.
Kurs mashg‘ulotlari 25-noyabrga qadar davom etadi.