Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital jamoat fondi (Endowment Fund) hamkorlikka chorlaydi

Toshkent davlat yuridik universitetining xodimlari va talabalarini dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari hamda xalqaro tashkilotlarida malaka oshirishi, ta’lim olishi va stajirovka o‘tashini tashkil etish, turli grantlar ajratish, talaba va xodimlarni har tomonlama moddiy rag’batlantirish, ehtiyojmand va iqtidorli talaba hamda xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali kadrlar salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital jamoat fondi (Endowment Fund) tashkil etilgan.

Hozirda Endowment fond tomonidan turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Masalan, joriy yilda Endowment Fond tomonidan mamlakatimizda birinchi bor xayriya balini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur ballda Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, tadbirga mamlakatimizdagi sanʼat, musiqa va boshqa ijod sohasidagi mashhur shaxslar, shuningdek, yetakchi yuridik kompaniyalar taklif etiladi. Tadbirda 300 nafarga yaqin mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu xayriya bali anʼanaviy tarzda har yili “8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” arafasida o‘tkaziladi.

Joriy yilgi ball 7-dekabrda boʻlib oʻtadi.

Biz O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar va boshqa tashkilotlar, Toshkent davlat yuridik universitetining bitiruvchilari, talabalarning ota-оnalari va keng jamoatchilik vakillarini Endowment fond faoliyatida ishtirok etish va loyihalarini moliyalashtirishga hamda bu orqali Toshkent davlat yuridik universitetini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishga taklif qilamiz.

Hamkorlik doirasida homiylik qilish, shu bilan birga, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, tashabbuskor shaxslar, universitetning bitiruvchilari o‘z nomidan “nomli” stipendiyalar va grantlarni ham joriy etishi mumkin.

Endowment fund bilan hamkorlik qilishni istaganlar quyidagi raqamlar bilan bogʻlanishi mumkin:

+99897 333-39-74
+99890 971-49-69
+99890 925-77-11

Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital jamoat fondi (Endowment Fund) jamoasi

Hodisalar

Barcha e'lonlar