BMT Taraqqiyot dasturining “Aid for Trade in Uzbekistan” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mashg‘ulotda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga kirish jarayonining hozir paytdagi holati, akademik muassasalarning JST bilan ishlashdagi o‘rni va ko‘ptomonlama savdo tizimining zamonaviy dunyodagi roli haqida ma’lumot beriladi.
Mahorat darsini BMT Taraqqiyot dasturining JST masalalari bo‘yicha koordinatori Nosirxon G‘ozixonov, BMT Taraqqiyot dasturining xalqaro konsultanti Volha Rakhanskaya hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bosh mutaxassisi Alijon Aliyev olib boradi.
Ingliz tilida o‘tkaziladigan mashg‘ulot 29-noyabr 10:00 da Toshkent davlat yuridik universiteti 3-bino 221-xonada boshlanadi.
Mahorat darsida ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSet2kIQMvDhqcd3DOwooFckyF-PmqEGEn87qyTxxkCr-_R6-g/viewform