Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi talabalarni M.G.Rozenberg nomidagi xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha xalqaro sud protsesslari tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar 2-dekabr 18:00 gacha quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/x95prvzShXCbTSfH7
Xalqaro tanlovda ishtirok etuvchi talabalarni universitet jamoasiga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Nomzodlarning xalqaro tijorat va arbitraj huquqi bo‘yicha bilimlarini baholash:
2. Suhbat va yozma ishlarni himoya qilish.
M.G.Rozenberg nomidagi xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha xalqaro sud protsesslari tanlovi rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi. Shuning uchun har bir yo‘nalishda ishtirok etuvchi jamoa uchun 4 nafardan talaba qabul qilinadi. Shu bois talabalardan rus va ingliz tillarini bilish talab qilinadi.
Xalqaro tanlov haqidagi yangiliklar bilan @oratory_academy telegram kanali orqali tanishib borish mumkin.
TDYU jamoasiga qabul uchun tanlovning 1-bosqichi 3-dekabr 11:00 da 3-bino 119-xonada boshlanadi.
Ma’lumot uchun: M.G.Rozenberg nomidagi xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha xalqaro sud protsesslari tanlovi xalqaro tijorat arbitraji va xalqaro xususiy huquq mavzusiga bag‘ishlangan talabalar tanlovi hisoblanadi.
Tanlov Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi, Rossiya federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi tomonidan tashkil etiladi.