Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Zo‘ravonliksiz oila — to‘kis hayot mezoni” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida “25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” deb eʼlon qilinib, “Tazyiq va zo‘ravonliksiz 16 kun” shiori ostida turli ijtimoiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetida “Zo‘ravonliksiz oila — to‘kis hayot mezoni” mavzusida tashkil etilgan amaliy seminar ham ham shunday tadbirlardan biri bo‘ldi.

TDYU Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi XPBB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Umida Abdullayeva, IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Nargiza Mirjalolova, Oliy ta’lim vaziri maslahatchisi Odina Jamoliddinova, Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti direktor direktori o‘rinbosari Oynisa Musurmanova, TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Seminarda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ayollarni himoya qilish mexanizmlari va himoya orderlari, ularni berish tartibi, murosasizlik muhitini yaratish va hamkorlikda oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yakunda ishtirokchilar tashakkurnoma va sertifikat bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar