Toshkent davlat yuridik universiteti va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan tashrif doirasida Akademiyaning 2-bosqich kursantlari uchun “Jinoyatlarni tergov qilishda himoyachi ishtirokini ta’minlash asoslari va protsessual tartibi” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
“Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda kursantlar bilan mavzu yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida kursantlar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bo‘ylab sayohat tashkil etildi.