Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning respublika bosqichida hududiy va mintaqa bosqichlarida yuqori natijalarni qayt etgan va tanlov hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra respublika bosqichiga tavsiya etilgan jamoalar ishtirok etmoqda.
Tanlovda jamoalar qura tashlash orqali guruhlarga ajratilib, Da’vogar va Javobgar, shuningdek, ayblov va himoya taraflarda berilgan topshiriq (kazus)larni o‘z pozitsiyalari bo‘yicha himoya qilishga kirishdi.
Namunaviy sud protsessi jarayonlari jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar va tuman sudi sudyalari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari baholab bormoqda.
Tanlov davom etmoqda.