Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovining dastlabki bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovning dastlabki bosqichida 8 nafar professor-oʻqituvchi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, turli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati boʻyicha berilgan savollarga javob berdi.
TDYUning professor-o‘qituvchilaridan tashkil etilgan tanlov komissiyasining yakuniy xulosasiga Nurbek Toshkanov tanlovning dastlabki bosqichi g‘olibi deb topildi va u respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Shuningdek, 2-oʻrin Feruza Lutfullayevaga nasib etgan boʻlsa, Akrom Ochilov 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.