Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Nodirbek Salayev Xalqaro jinoyat huquqi assotsiatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro jinoyat huquqi assotsiatsiyasi — dunyodagi eng qadimgi va eng yirik ilmiy assotsiatsiyalardan biridir. Assotsiatsiya 1924-yilda tashkil etilgan va u 1889-yilda tashkil etilgan Xalqaro jinoyat huquqi ittifoqining davomchisi hisoblanadi.
Hozirgi kunda Xalqaro jinoyat huquqi assotsiatsiyasining 90 dan ortiq mamlakatdan a’zolari bor.