Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“O‘zbekistonda inson huquqlari va yoshlar huquqlari: xalqaro standartlar va xorijiy tajriba” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson huquqlari” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Haftalik davomida “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti hamda “Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda inson huquqlari va yoshlar huquqlari: xalqaro standartlar va xorijiy tajriba” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi, raqamli inson huquqlarining nazariy va amaliy muammolari, inson huquqlarini buzganlik uchun davlatning xalqaro javobgarligi, mehnat muhojirlari huquqlari himoyasi, inson huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy darajada himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Davra suhbati yakunida talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, TDYUdagi “Inson huquqlari haftaligi” tashkilotchilari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar