Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sirakuz universiteti (Syracuse University) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Dilshod Umarov boshchiligidagi “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekani Dildora Umarxonova, o‘qituvchilar Sayidkomil Ibodullayev va Azizbek Toyirovdan iborat universitet delegatsiyasi AQSHning Sirakuz universitetiga tashrif buyurdi.

Sirakuz universiteti huquq kolleji va TDYU o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan tashrif doirasida delegatsiya a’zolari huquq kolleji faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ular kollejdagi Institute for Security Policy and Law, Innovatsion markaz, kutubxona va boshqa binolarga tashrif buyurib, Sirakuz universiteti huquq kolleji professorlari-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida huquq kolleji professor-o‘qituvchilari Toshkent davlat yuridik universitetidagi ta’lim jarayoniga qiziqish bildirib, universitetga tashrif buyurgan holda dars mashg‘ulotlarini olib borishga kelishildi.

Tashrif doirasida TDYU talabalari va xodimlarining Sirakuz universiteti huquq kollejida magistratura, doktorantura va JD dasturlarida o‘qish imkoniyatini yaratish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirishga kelishib olindi.

Endilikda TDYU talabalari mazkur kollejda akademik mobillik dasturi asosida ta’lim olishi mumkin hamda ushbu akademik almashnuvda to‘plangan kreditlar magistraturada inobatga olinishi mumkinligi taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizda birinchi bor nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Yuridik klinika hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bo‘yicha maxsus kursni tashkil etishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar