O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqiy fanlar olimpiadasi”ning respublika bosqichi yakuniga yetdi.
Ilk marotaba o‘tkazilgan olimpiada yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha:
1-o‘rin — Ruxshona Dalabayeva, Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
2-o‘rin — Nurjahon Amanova, Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
3-o‘rin — Nodirbek Zamanov, Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.
Jinoyat huquqi fani bo‘yicha:
1-o‘rin — Go‘zal Qodirova, Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
2-o‘rin — Dilzoda Farxatova, Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
3-o‘rin — Omonillo Xabibullayev, Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.
“Huquqiy fanlar olimpiadasi” g‘olib va sovrindorlariga diplom va pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, yuqoridagi o‘quvchilarni tayyorlagan fan o‘qituvchilari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandi.