 
              
  
                  
      
             
            
 
                                Toshkent davlat yuridik universitetida xalqaro miqyosda tan olingan yuridik jurnallarda maqola chop etishni istagan TDYU tadqiqotchilari uchun professor Joan Blum kursi bo‘yicha axborot sessiyasi o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: professor Joan Blum ushbu semestrda AQSh hukumatining xalqaro almashinuvni rivojlantirish uchun Amerika universitetlari professor-o‘qituvchilariga mablag‘ ajratadigan dasturi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetida Fulbrayt olim (Fulbright Scholar) maqomida talabalarga ta’lim bermoqda va tadqiqot olib bormoqda.