Toshkent davlat yuridik universitetida “Cyberlaw Nexus” sammiti bo‘lib o‘tdi.
TDYU “Kiber huquq” kafedrasi tashabbusi bilan Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori Ibrohim Aydinli hamda ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari so‘z olib, hamkorlik aloqalari yanada kengayayotganidan mamnunligini ta’kidladi.
Sammit davomida “Turk-O‘zbek ilmiy-huquqiy platformasi” loyihasi, uning g'oyasi, maqsad va vazifalari taqdimot qilindi hamda loyiha boshlanishi va yangi o'quv yilidan ishga tushirilishi ma’lum qilindi.
Endilikda ikki universitet hamkorlikda kiber huquq sohasida mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, bu yo‘nalishda birgalikda turli tadqiqotlarni olib borish amalga oshirilishi belgilab olindi.
Tadbir yakunda “Turk-O‘zbek ilmiy-huquqiy platformasi”ni tashkil etish to‘g‘risida “Yo‘l xarita” tasdiqlandi.