Xabaringiz bor, Ostona shahrida “Central Asian Vis Pre-Moot” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Commercial Law Development Program (CLDP) ko‘magida “Ostona” xalqaro moliya markazi sudi tomonidan tashkil etilgan tanlovda 20 dan ortiq jamoalar, xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti, KAZGYU universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Gamburg universiteti, Vena universiteti jamoalari ishtirok etmoqda.
Ushbu tanlovda TDYU jamoasi yarim final bosqichida nepallik talabalar ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Bugun jamoamiz finalda pokistonlik jamoa bilan kuch sinashib, “Central Asian Vis Pre-Moot” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Shuningdek, “TSUL Vis Moot” jamoasi a’zolari Samandar Norboyev va Yulduzxon Abdusolihova “Central Asia Vis Pre-Moot”ning "Eng yaxshi notig‘i" (“Best Oralist”) unvoniga sazovor bo‘ldi.