Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yunusobodda kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 12-fevralda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan majlisida sohaga oid qator topshiriqlar belgilab berilgan edi. 



Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Xakimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Yunusobod tumani prokurori Habibulla Mirsoatov rahbarligida huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bilan 2-sektor shtabida ilmiy-amaliy uchrashuv o‘tkazildi. 



TDYU tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi jinoyatchilik holati, tuzilishi, dinamikasi, uning sabab, shart-sharoit va omillarini ilmiy tadqiq etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mahallabay uslubini yaratish hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ilmiy-uslubiy ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda ilm va amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali tumandagi kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning aniq maqsadli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.



Hodisalar

Barcha e'lonlar