Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU bitiruvchisi “Yilning eng yaxshi volontyori” bo‘ldi

"Xalqaro volontyorlar kuni” munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab II Respublika volontyorlar forumi o‘tkazildi.


Yoshlar bilan ishlash agentligi va UNDP hamkorligida tashkil etilgan forumda “Legal Tech” laboratoriyasi koordinatori Ilhom Norovning COVID-19 pandemiyasi davrida amalga oshirgan ishlari munosib baholanib, “Yilning eng yaxshi volontyori” unvoni bilan taqdirlandi.


Ma’lumot uchun, Ilhom Norov COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida aholiga tajribali shifokorlarning malakali tibbiy maslahatlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi telegram botini yaratdi.


Bundan tashqari, u yolg‘iz nafaqaxo‘rlarga, kam ta’minlangan odamlarga oziq-ovqat yetkazib berish, shuningdek, og‘ir kasallarni davolash muassasalariga olib borish ishlariga ko‘maklashdi.


Shu bilan birga, o‘zi ham koronavirusga chalinganiga qaramasdan volontyorlik faoliyatini to‘xtatmadi.


Toshkent davlat yuridik universiteti Ilhom Norovni ushbu e’tirof bilan samimiy qutlaydi.



Hodisalar

Barcha e'lonlar