Tadbirda universitet talabalari litsey o‘quvchilariga suhbat asosida TDYUga o‘qishga kirish tartibi, bunda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga joriy yildan boshlab akademik litsey o‘quvchilarining suhbat asosida TDYUda qabul qilish ko‘rsatkichlarini oshirish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quvchilar Toshkent davlat yuridik universitetida yo‘lga qo‘yilgan “Future of TSUL” loyihasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida akademik litseyni tamomlagan bitiruvchilarning 49 nafari Toshkent davlat yuridik universitetiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilindi.