Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Akademik litseyda “Zukko yurist” tanlovi o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Zukko Yurist” tanlovining 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Tanlovning ochilish marosimida TDYU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori — TDYU qoshidagi akademik litsey direktori Islombek Rustambekov ishtirok etib, o‘quvchilarga mazkur loyihaning ahamiyati haqida ma’lumot berdi va ularga omad tilab, bilim olishdan hech qachon to‘xtamasliklarini aytdi.

Shunda so‘ng tanlovning asosiy qismiga start berildi. Loyiha koordinatori Shohjahon Abdusattorov ishtirokchilarga tanlovni o‘tkazish tartibi va qoidalarini tushuntirib berdi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va intellektual salohiyatini oshirishga, kitobxonlikni keng targib qilishga qaratilgan “Zukko yurist” tanlovi doirasida akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari huquqning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan savollarga javob berdi.

Yakunda eng yuqori ball to‘plagan 5 ta jamoa tanlovning final bosqichiga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun: 24-oktabr 13:30 da TDYU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich talabalari uchun “Zukko yurist” tanlovi o‘tkaziladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar